Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi rahbariyati Yangi yo‘l MFY “yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunchilik hamda 19-1-moddaga asosan, Xalq deputatlari Kengashlarining doimiy va muvaqqat komissiyalariga joylardagi dolzarb masalalarni nazorat qilish va o‘rganish vakolatlari berilgan.
Ushbu vakolatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda kotibiyat mudiri O‘.Rajabovlar deputat sifatida Uzun tumanidagi “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.