Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun tumandagi "Beshkapa" MFY fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Xabibulla Bozorov boshchiligida tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida o'tkazildi.
Qabul davomida, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ichimlik suvi, ijtimoiy himoya, yo'llarni ta'mirlash kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 30 nafarga yaqin fuqarolarning 15 ta masalalari ko‘rib chiqildi.