Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 17-“Sardoba” saylov okrugidan saylangan deputat Egamqulova Dilfuza Lapasovna tomonidan A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini binosida MFY yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Fuqarolar tomonidan mahalladagi ko‘chalarga tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatish masalasida murojatlar tushdi. Uchrashuvda aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha qilinadigan ishlar rejalshtirilib olindi.