Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 16-Ipak yo‘li saylov okrugi hududidagi Tog‘liq mahallasida o‘tkazildi. Unda saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahalla raisi hamrohligida hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati orqali aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.

Shuningdek, yakka-yolg‘iz yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, Malikaxon Yakubovaning holati o‘rganilib, unga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tegishli xizmat ko‘rsatish uchun xodim biriktirilgani aniqlandi.

Deputatlik nazoratining yana bir muhim yo‘nalishi fuqarolarni bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash masalasi bo‘ldi. Mazkur holat patronaj hamshirasi ishtirokida o‘rganilib, ehtiyojmand fuqarolarning belgilangan tartibda dori vositalari bilan ta’minlanishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va mavjud muammolar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi doirasida olib borildi. Qonunning 3-moddasida sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya etilishi, aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi hamda sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi sog‘liqni saqlashning asosiy prinsiplari sifatida belgilangan.

Shuningdek, mazkur Qonunning 6-moddasiga muvofiq, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari zimmasiga birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan aholining foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda tegishli hududdagi fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash kabi vazifalar yuklatilgan.

Shu jihatdan, deputatlik o‘rganishi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning amaldagi holati, ularning zarur yordam va dori vositalari bilan ta’minlanishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud masalalarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining bu kabi joylardagi o‘rganishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amaliyotdagi ijrosini baholash, fuqarolar muammolarini bevosita hududning o‘zida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5