Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev tashabbusi bilan fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga qaratilgan navbatdagi o‘rganish amalga oshirildi.

🤝 Mirobod tumanidagi “Sihatgoh” sanatoriyasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida “Temiryo‘lchilar” mahallasida yashovchi I. Maripov hamda M. Jo‘rayevalarning murojaatlari tinglandi.

🌧 Fuqarolarning ma’lum qilishicha, yog‘ingarchilik vaqtida ko‘chadagi suvlar ularning hovlisida to‘planib qolmoqda. Natijada suv xonadonlarning ichki qismlariga ham zarar yetkazmoqda. Fuqarolar ushbu muammoni yog‘ingarchiliklar boshlanguniga qadar bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

📍 Toshpo‘lat Matibayev murojaatda ko‘tarilgan masalani faqat qabul doirasida muhokama qilish bilan cheklanmay, fuqaroning xonadoniga borib, mavjud holatni bevosita joyida o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida yomg‘ir suvlarining hovliga to‘planishi bilan bog‘liq holat ko‘zdan kechirildi. Muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun tegishli tashkilotlarga xabar berildi.

🔺 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — hududlardagi infratuzilma va ichki ko‘chalar bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga manzilli yondashish vazifalari bilan hamohangdir.

✅ Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish va murojaatda ko‘tarilgan masalani bevosita manzilda o‘rganish muammoning asl holatini aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yechim choralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4