Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov  hamda deputatlar Sh.Norsayev, K.Abdullayeva tuman Moliya bo‘limida bo‘lib, hududning moliyaviy holati, mahalliy budjet mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanish masalalarini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida tuman budjetining daromad va xarajatlar qismi, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni moliyaviy ta’minlash hamda deputatlar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, budjet mablag‘laridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kengash raisi va deputatlar tomonidan moliyaviy masalalar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, budjet mablag‘larining har bir so‘mi xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar kelgusida tuman budjetini shakllantirish va mablag‘larni hududlarning eng dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4