Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani sport maktabida yosh sportchilar
uchun yaratilgan sharoitlar hamda yunon-rum kurashi yo‘nalishida olib borilayotgan mashg‘ulotlar o‘rganildi.O‘rganish jarayonida sport maktabi direktori A.Qurbonaliyev ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar jarayoni kuzatilib, yunon-rum kurashi yo‘nalishi treneri Yo‘ldoshev Abzal bilan suhbatlashildi.Suhbat davomida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan mashg‘ulotlarning tashkil etilishi,o‘quvchilar qamrovi va sportchilarning tayyorgarlik holati yuzasidan ma’lumotlar olindi.Ma’lum bo‘lishicha, yunon-rum kurashi mashg‘ulotlariga 36 nafar o‘quvchi jalb etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar haftasiga 3 marotaba o‘tkazilmoqda. O‘rganish davomida sport mashg‘ulotlarining sifati,mavjud sport inventarlari va mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar,yoshlarning sportga qiziqishi hamda ularning turli musobaqalarga tayyorgarlikjarayonlari muhokama qilindi.Shuningdek, trener bilan muloqot davomida yo‘nalishda erishilayotgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish va ularning sport mahoratini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunida sport maktabi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 7