Aholi murojaatlari e'tiborda: Guliston mahallasidagi muammolar joyida o'rganildi
Hududlarda aholi tomonidan ko'tarilayotgan dolzarb masalalarni bartaraf etish va fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash xalq vakillarining doimiy e'tiborda.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova, tuman Kengashi deputati U.Aliqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov birgalikda tumandagi "Guliston" mahallasida bo'lib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joyida o'rgandilar.