Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida 1-Navro‘z saylov okrugidagi "Yoshlik" mahallasida fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mutaxassisi U.Toshboyev 9-sonli umumtaʼlim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari bilan tanishdi
янв.21
"Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida 1-Navro‘z saylov okrugidagi "Yoshlik" mahallasida mahalla yettiligining faoliyati bilan tanishdi."
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida 1-Navro‘z saylov okrugida aholi muammosini o‘rgandi
янв.21
"Yangi ro'zg'or" mahallasida PQ-1-son qaror ijrosi oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov deputat sifatida o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi "Guliston" mahallasida bo‘lib, qonunlar va davlat dasturlarining joylardagi ijrosini tahliliy o‘rgandi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI TUMAN TASHKILOTLARIDA O‘RGANISHLAR OLIB BORMOQDA
янв.21
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash – ustuvor vazifa: Ko‘prik masalasida deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat Sanjarbek Toxirovning ko‘chama-ko‘cha xatlov daftari: Har bir murojaat e’tiborda!
янв.21
Mahalla obodligi yoʻlida: Deputat S.Toxirov Yangi roʻzgʻordagi 25-maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish jarayoni bilan tanishdi
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala "QONUNLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA"
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala

"QONUNLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA"


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugi deputati, tuman Kengashi bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Sariosiyo tumani “Galabutta” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–139-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Deputatlik nazorati davomida mahallada bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki, mavjud muammolarni o‘rganish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish hamda himoya qilish, shuningdek, bolalarga yoki ularning qonuniy vakillariga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatish borasida hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi. Qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati tadbirlari qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3