YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI TUMAN TASHKILOTLARIDA O‘RGANISHLAR OLIB BORMOQDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2025-yil 28-apreldagi VII-7-39-8-118-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hududda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘z faoliyatini faol davom ettirmoqda.
Guruhi a’zolari tomonidan tumandagi bir qator davlat idoralari, korxona va tashkilotlarda yosh xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.