Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hududda: Yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev "Serxarakat" mahallasida bo‘ldi
янв.21
Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi
янв.21
Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov davlat dasturlari ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Uzun tumanidagi bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdilar.
янв.21
Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 13-17-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!

Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat hamda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov o‘z saylovchilari va tuman aholisi bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan ushbu ochiq muloqotda 15 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan turli yo‘nalishlardagi muammolarini o‘rtoqlashdilar.

Qabul davomida deputat va tuman hokimi sifatida X.Bozorov fuqarolarning quyidagi masalalardagi murojaatlarini alohida nazoratga oldi:

🌱 Yer ajratish va tadbirkorlik;
💼 Bandlikni ta’minlash;
🤝 Ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
🏠 Uy-joy sharoitini yaxshilash;
🚰 Ichimlik suvi ta’minoti va boshqa hayotiy masalalar.

Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt va mablag‘ talab qiladigan qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi