Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi hamkorligida joriy yil dekabr oyi "Antikorrupsiya haftaligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi o'rinbosari A.Axmedov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A.Raxmonov, Termiz shahar adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Shukurov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi xodimi J.Nafasov hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta'lim tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Ta'lim muassasasi-ziyo, ma'naviyat va ma'rifat maskani bo‘lib, unda korrupsiya va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlar kuzatilmasligi haqida so‘z yuritildi.

Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta'kidlanib, ta'lim-tarbiya tizimi ochiq va shaffof tizimga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 10