35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash – ta’limdagi teng imkoniyatlar kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 27-31-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
Uzun tumanida deputatlar va mas’ullar ishtirokida “mahalla yettiligi” faoliyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi murojaatlari e'tiborda: Guliston mahallasidagi muammolar joyida o'rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
янв.21
KENGASH DEPUTATI VA KO‘CHA DAFTARI: FUQAROLAR MUROJAATLARI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova boshchiligidagi ishchi guruh Qarashiq MFYda tar
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova Guliston MFYdagi bunyodkorlik va infratuzilma ishlarini muhokama qildi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI (O‘RQ–1023-son, 2025-yil 3-fevral)
Munosabat

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining asosiy vazifasi – saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda aholini qiynayotgan masalalarning yechimiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat.  

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda. 

Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha
ma’lumotlar berilmoqda.  

«Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ham uchrashuvlarning muhim mavzularidan biri bo‘ldi. Xususan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholiga batafsil ma’lumotlar yetkazildi. 

Joriy yilning o‘tgan davrida saylovchilardan kelib tushgan 8 ta murojaatning har biri tegishli tartibda o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 

Jumladan, «Boyovul» mahallasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, beshta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bir nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalladagi Durunki va Tadbirkorlar ko‘chalariga tosh yotqizish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritildi. Bu kabi amaliy ishlar aholi uchun muhim bo‘lgan qator masalalarning ijobiy yechim topishiga xizmat qildi. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar hamda deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish va ularning yechimiga qaratilgan taklif hamda tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Saylovchilar bilan ochiq muloqot, murojaatlarni tizimli o‘rganish va aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyati samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi. Xalq ishonchini oqlash, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va hududlarni barqaror rivojlantirish yo‘lidagi bunday faoliyat jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.


Xonimjan RAJABOVA,
2- “Boyovul” saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati