Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
2021-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-668-son Qonuni madaniy faoliyatni rivojlantirish, madaniyat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning madaniy hayotda ishtirok etish huquqlarini ta'minlashga qaratilgan.
Mazkur qonun yuzasidan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rganadi, davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi hamda madaniy merosni asrash va madaniy tadbirlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Milliy qadriyatlarni asrash, madaniyatni rivojlantirish va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish – jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.