Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Uzun tumanida o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Uzun tumanida o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyatining faoliyatni muvofiqlashtirish va metodik yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi rejali tadbirlari doirasida kotibiyat bosh mutaxassislari Erali Isoqov va Sunatullo O'ktamovlar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsadi tuman Kengashi kotibiyati faoliyatini amaliy o‘rganish, ish yuritish tizimini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik va amaliy tavsiyalar berishdan iborat.

O'rganishda Uzun tumani Kengashi kotibiyatining joriy faoliyatiga oid bir qator tegishli hujjatlar bilan tanishdi. Jumladan:

- Kotibiyatning ish rejalari va ularning ijro holati;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi va hujjatlari;
- Nazorat hujjatlari va Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar;
- Kotibiyat xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari va ish taqsimotining to‘g‘riligi;
- Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar ishlarini tashkil etish hujjatlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha joyida tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatildi. Kotibiyat faoliyatini takomillashtirish, ish yuritish tizimini zamon talablariga moslashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish va deputatlar faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan aniq, asoslantirilgan metodik va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ushbu tadbir viloyatda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning ishini samarali tashkil etishda o‘zaro tajriba almashish hamda amaliy yordam ko‘rsatishning muhim amaliy bosqichi bo‘lib xizmat qildi.