Mahallalarda “Mahalla budjeti” tizimi o‘rganilmoqda: Muammolar joyida hal etiladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoniga muvofiq, yurtimizdagi barcha mahallalarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilgan edi. Mazkur tizimga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari tushumlarining 10 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahallaning ijtimoiy-isqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga yo‘naltirilmoqda.
Uzun tumanidagi "Obod yurt" mahalla fuqarolar yig‘inida ushbu tizimning amaldagi ijrosi, mablag‘larning shakllanishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish olib borildi.
👥 Hamkorlikdagi o‘rganish va tahlil
Ushbu o‘rganish ishlarini Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati va Kengash kotibiyati xodimidan iborat ishchi guruh a’zolari hamkorlikda amalga oshirdilar.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
"Obod yurt" mfy hududida jismoniy shaxslardan yig‘ilayotgan mol-mulk va yer soliqlari hajmi;
Belgilangan 10 foizlik tushumlarning mahalla jamg‘armasiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilayotgani;
Muhim: Tahlil natijalari va aniqlangan holatlar yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
“Mahalla budjeti” — bu mahallaning o‘z muammosini mustaqil va tezkor hal etishi uchun berilgan katta imkoniyatdir. Ishchi guruh tomonidan bu kabi o‘rganishlar tumandagi boshqa mahallalarda ham davom ettirilmoqda