Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hududda: Yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev "Serxarakat" mahallasida bo‘ldi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi
янв.21
Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov davlat dasturlari ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Uzun tumanidagi bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdilar.
янв.21
Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 13-17-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan okrugdagi “Bog‘bon” mahallasida bo‘lib, hududda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning muammolarini hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan tadbirlar natijalari muhokama qilindi. Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 5 nafar ishsiz yosh doimiy ish bilan ta’minlanib, ularning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 1 nafar yoshga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli kredit ajratilgan.Bundan tashqari, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 nafar yosh safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul o‘tashi uchun tegishli tartibda yo‘naltirilgan.O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 2