35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Mahalla mas’ullari faoliyati o‘rganildi

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 16-Olmurod saylov okrugidan deputat Umarbek Karimov va mahalliy kengash deputati,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi raisi Bobirjon Begaliyev “Katta Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari faoliyatini oʻrgandilar. Va ijtimoiy hodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
 

Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlari sarhisob qilindi. Xususan, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va mahalla ijtimoiy xodimining kam ta’minlangan oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘maklashish ishlari o‘rganildi. Ijtimoiy xodim faoliyat samaradorligi tahlil qilindi. O'rganish davomida xodimning amalga oshirgan ishlari, aholiga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamlar va mavjud muammolarning yechimi atroflicha ko‘rib chiqildi. Quyidagi
muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:
 

📌 Ko‘rsatilgan xizmatlar: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilgan moddiy, huquqiy va psixologik yordamlar. 

📌 Keys menejmenti: Har bir oila yoki fuqaro uchun tuzilgan alohida (individual) ijtimoiy rejalarning bajarilish holati. 

📌 Muammoli masalalar: Oilalardagi qiyinchiliklarni aniqlash va ularni hal etish choralari. 

📌 Hujjatlar yuritilishi: Ijtimoiy xodim tomonidan to‘ldirilgan hisobotlar, dalolatnomalar
va ijtimoiy pasportlarning to‘g‘riligi.
 

🔹 O‘rganish natijalariga ko‘ra, ish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

  🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1