Tuman Kengashi va "Madat" muassasasi hamkorligi: Aholi muammolari diqqat markazida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash raisi D.Safarova hamda kotibiyat mudiri O‘.Rajabov tuman Adliya bo‘limidagi "Madat" huquqiy yordam ko‘rsatish muassasasi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida tuman Kengashi va "Madat" muassasasining o‘zaro hamkorligi, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish hamda ijtimoiy muammolarga qonuniy yechim topish samaradorligi tahlil qilindi.
Kengash raisi D.Safarova ta’kidlaganidek, xalq deputatlari va "Madat" muassasasining birgalikdagi harakati joylardagi ko‘plab huquqiy va ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishda muhim poydevor bo‘lmoqda.
Uchrashuv yakunida aholining huquqiy himoyasini kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlashda tuman Kengashi va "Madat" muassasasi aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.