#yoshlar_maslahat_guruhi
Yoshlar maslahat guruhi aʼzolarining huquq va vakolatlari
Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish hamda hududdagi dolzarb masalalarni ilgari surish bo‘yicha qator huquqlarga ega.
✅ Jumladan, ular:
— mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalaridan zarur axborotlarni so‘rash va olish;
— Kengash hamda doimiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladigan majlis va tadbirlarda ishtirok etish;
— ishchi guruhlar tarkibida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga borish;
— yoshlar masalalariga oid takliflarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalariga kiritish huquqiga ega.
🔹 Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari:
— yoshlar masalalariga oid majlislarda fikr bildirish;
— hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash;
— ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishda faol qatnashadi.
📖 Mazkur huquqlar yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.