Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi J. To‘rayev hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Buxoro shox ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning sanitariya holati, piyodalar va aholi uchun yaratilgan qulayliklar, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududning estetik qiyofasini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik tadbirlarining sifati va samaradorligiga e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, obod va fayzli ko‘chalar shahar qiyofasining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3