Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Deputat o‘rganishidan so‘ng

❗️Deputat o‘rganishidan so‘ng

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tumandagi "Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud ichki infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda ichki yo‘llarning joriy holatini o‘rgangan edi. O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar to‘liq bartaraf etildi.

📁 O‘rganish jarayonida hududdagi qarovsiz qoldirilgan maishiy chiqindilar uyumlari, tartibsiz o‘sib ketgan daraxt shox-shabbalari, zovur yoqasidagi qamishzor va chakalakzorlar hudud obodonchiligi e’tiborsiz qoldirilganligi aniqlangan edi. Mazkur holatlar ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va aholi harakati uchun xavfli vaziyat yuzaga kelayotgani hamda noqulayliklar keltirib chiqarishi qayd etildi.

📉 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Xususan, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Qisqa muddatda ma'sul tashkilotlar tomonidan hudud chiqindilardan tozalanib, aniqlangan muammolar to‘liq bartaraf etildi.

✔️ Xususan, “Yuqori Beshqo‘rg‘on” MFY raisi
S. Qorabayev tashabbusi bilan hududdagi zovurning 80 m qismiga sement qoplamasi yotqizilib, suvning behuda yo‘qotilishining oldi olinib, suv resurslarini tejashga erishildi. Mazkur ishlarning davomi sifatida zovurning qolgan 50 metr qismiga ham sement qoplamasi yotqizish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu tashabbus suv ta’minoti samaradorligini oshirish, hudud holatini yaxshilash hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

📁 Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva bunday joylardagi o‘rganishlar hududlardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish esa doimiy e’tibor va hamkorlikni talab etadi.
Slide 1 of 14