Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Xalq bilan muloqot: “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi

Xalq bilan muloqot: “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov Uchtepa tumani “Ko‘ksaroy” mahallasida 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi.

📍 Axborot davomida fuqarolar, mahalla raislari hamda faollar ishtirokida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Ushbu uchrashuvda 14-“O‘rikzor” okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov, shuningdek, tumandagi ijro etuvchi organlar hamda kommunal soha vakillari, kadastr va favqulodda vaziyatlar xizmati mas’ullari ishtirok etdilar.

📍 Yig‘ilish avvalida Dilshod Shoumarov tomonidan Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan mahallalarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Unda aholi turmush darajasini oshirish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.

💬 Shundan so‘ng so‘zga chiqqan okrug deputati Abdurashid Abdushukurov tuman Kengashi qarorlari va tarmoq dasturlari doirasida “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” hamda “Zarafshon” mahallalarida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy natijalarni bayon qildi.

🔎 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan:

 ▪️ “Ko‘ksaroy” MFY binosining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

 ▪️ Navo ko‘chasida irrigatsiya ishlarini amalga oshirish (yog‘ingarchilik paytida avtobus bekati atrofida suv to‘planishi)

 ▪️ Bositxon, Navro‘z, O‘rikzor va Tong ko‘chalarini asfaltlashtirish

 ▪️ O‘rikzor ko‘chasida 10 ta yoritish ustuni o‘rnatish

📌 Yig‘ilishda ishtirok etgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman filiali boshlig‘i Xusniddin Bobojonov ushbu masala yuzasidan batafsil tushuntirish berib, uni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida deputat Dilshod Shoumarov mazkur muammoni hal etish yuzasidan zarur hollarda deputatlik so‘rovi kiritishga tayyor ekanini bildirdi.

📝 Shuningdek, boshqa ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ham mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani, ularning moliyalashtirish manbalari belgilangani qayd etildi.

📊 Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqot va sayyor qabullar aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlar tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ular bilan doimiy muloqot olib borish jamiyatda ochiqlik va shaffoflik muhitini yanada mustahkamlaydi.

Slide 1 of 7