Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurotov Abdusalom Javliyevich hamda 19-Faravon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima hamda Kengash kotibiyat bosh mutaxassisi Xurramov Laziz hamrohligida “Faravon” mahallasining Yoshlar ko‘chasida asfaltlash ishlari oldidan tayyorgarlik bosqichi — tosh to‘kish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayon hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Deputat tomonidan ishlarning sifatli va belgilangan me’yorlar asosida bajarilishi nazoratga olinmoqda. Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.