Deputatlar poliklinikadagi tibbiy xizmat sifatini o‘rgandilar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov, deputatlar D.Yodgorova hamda A.Kamolovlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Bu galgi manzil — “Chinor” MFYda joylashgan 74-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Bepul dori-darmon ta’minoti: Davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori vositalarining haqiqatda ehtiyojmand bemorlarga yetib borishi va dorixonadagi mavjud zaxiralar ko‘zdan kechirildi.
Poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, shifokorlar ko‘rigi va tibbiy xodimlarning muomala madaniyati o‘rganildi.
Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida navbatlarning tartibga solingani va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanish holati tahlil qilindi.