Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad tumanda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
🛜O‘rganish jarayonida yer maydonlarining ajratilishi, ulardan maqsadli foydalanish, kadastr hujjatlarining yuritilishi, shuningdek yerga oid munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.
✔️Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🔹 Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan kelgusida doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama o‘tkazilishi rejalashtirilgan.