Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi
🟢Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sanjar Toxirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva bilan birgalikda tumandagi “Malandiyon” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
⏺️Tashrif davomida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
⏺️Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
⏺️O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.