Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
янв.21
Yo‘l — farovonlik manzili: Uzun tumanida ichki yo‘llar nazoratda
янв.21
Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
янв.21
UZUN TUMANI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
XONADONBAY MULOQOT: DEPUTAT AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK DAYJESTI 📊
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)
Dasturlar ijrosi o'rganildi: Xalq manfaati va hudud obodligi yo‘lida

Bugun deputatlar O.Maxmudov, Ch.Yusupov va A.Toshpo'latov tomonidan hududda davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

O'rganishlar yuzasidan tumandagi “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inida "UMARBEK DAVR" oilaviy korxonasi tomonidan to‘yxona va umumiy ovqatlanish shahobchasi tashkil etish ishlari bilan tanishildi. 

O‘rganishlar davomida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy to‘yxona va umumiy ovqatlanish shahobchasi tashkil etish loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur yangi maskanlar yangi ish o‘rinlari yaratish orqali mahalliy aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputat qurilish jarayonlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tadbirkorlar hamda mutasaddilar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berdi. 

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ishga tushirishda yuzaga kelayotgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 7