Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan har bir hujjat, avvalo, xalqimizning turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Xususan, PQ-454-sonli qaror ijrosini ta’minlash bugun mahalliy Kengashlar va hokimliklar oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir.
Ushbu vazifalar ijrosini joyida o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman hokimi o‘rinbosari O‘.Mamadaliyev hamkorligida tuman markazida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.