Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
янв.21
Yo‘l — farovonlik manzili: Uzun tumanida ichki yo‘llar nazoratda
янв.21
Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
янв.21
UZUN TUMANI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
XONADONBAY MULOQOT: DEPUTAT AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK DAYJESTI 📊
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.

Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash maqsadida 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi. O’rganish jarayonida hududlarning sanitar holati, chiqindilarni muntazam va o’z vaqtida olib chiqish tizimi, ko’kalamzorlashtirish va yashil maydonlarni saqlash ishlari atroflicha ko’rib chiqildi.

 

Deputat aholi bilan uchrashib, ularning fikrlari va takliflarini eshitdi. Xususan, bolalar maydonchalari, dam olish va sport joylari, yo’laklar hamda yaqin atrofdagi ko’cha va yo’llarning holati tekshirildi. Kamchiliklar aniqlangan hududlar bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq ko’rsatmalar berildi va ularni bartaraf etish muddati belgilandi.

 

Shuningdek, mahalla aholisi bilan doimiy muloqot yo’lga qo’yilib, tozalik va obodonlikni ta’minlashda jamoatchilik ishtiroki ham ta’minlandi. Mahalla fuqarolari atrof-muhitni tartibli va toza saqlashga chaqirildi.

 

Hududlarning tozaligi va obodligi nafaqat ko’zga ko’ringan tashqi ko’rinish, balki aholi salomatligi, hayotiy quvvat va kayfiyatiga ham bevosita ta’sir qiladi. Shu bois, bu boradagi ishlar doimiy ravishda deputat nazoratida bo’lib, har bir mahallada obod va sog’lom muhitni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida davom ettiriladi. 

Slide 1 of 1