Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
янв.21
Yo‘l — farovonlik manzili: Uzun tumanida ichki yo‘llar nazoratda
янв.21
Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
янв.21
UZUN TUMANI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
XONADONBAY MULOQOT: DEPUTAT AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK DAYJESTI 📊
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.

Xalq manfaatlarini ta’minlash, aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo’lga qo’yish maqsadida 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda fuqarolarning dardu tashvishlari, taklif va mulohazalari tinglanib, dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy sohadagi muammolar, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, yo’llar holati, bandlik masalalari, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirishga oid qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko’rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qarorlar va kelgusidagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Bu esa fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kuchaytirish, ularning ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bunday ochiq muloqotlar aholi manfaatlarini ta’minlash, joylardagi muammolarni o’z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 1