Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
янв.21
Yo‘l — farovonlik manzili: Uzun tumanida ichki yo‘llar nazoratda
янв.21
Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
янв.21
UZUN TUMANI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
XONADONBAY MULOQOT: DEPUTAT AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK DAYJESTI 📊
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari Alibek Amanlikov hamda Asqarali Odilov tomonidan tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabi hududida amalga oshirilayotgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025-yil ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasidagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha doirasida maktab hududida sun’iy qoplamali, usti yopiq, zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan, shuningdek, yuvinish va kiyinish xonalariga ega bo‘lgan mini futbol maydonini barpo etish hamda zarur sport jihozlarini o‘rnatish belgilangan.

Obyekt qurilishiga mas’ul MCHJ tomonidan ma’lum qilinishicha, sport maydoni joriy yilning aprel o‘rtalariga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy qiymati 1 milliard 450 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur loyiha 2 623 ta ovoz to‘plab, g‘olib loyihalar qatoridan o‘rin olgan.

Shuningdek, deputatlar tomonidan “Ijodkor” mahallasida olib borilayotgan kanalizatsiya qurilish ishlari ham o‘rganildi.

Slide 1 of 7