Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
янв.21
Yo‘l — farovonlik manzili: Uzun tumanida ichki yo‘llar nazoratda
янв.21
Xalq manfaati va qonun ustuvorligi: Uzun tumanida PQ-454-sonli qaror ijrosi amalda
янв.21
UZUN TUMANI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
XONADONBAY MULOQOT: DEPUTAT AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK DAYJESTI 📊
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO: KO‘CHA NOMLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILMOQDA
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)
Qiziriq tumanida turizm va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Qiziriq tumanida turizm va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Xo‘shboq hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, yuqori darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish maqsadida hududlarda bo‘ldilar.

Mazkur rejaga muvofiq, Qiziriq tumanidagi baliqchilik ko‘li atrofida ichki turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda hududni yanada obodonlashtirish, zamonaviy xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish hamda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

️O‘rganishlar davomida mavjud imkoniyatlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3