Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari O.Orifbayev, Sh.Abdullayev hamda bosh hisobchi D.Xaymirzayev tomonidan Yangi Namangan tumani Kengashi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. 

O‘rganish jarayonida mahalliy Kengashlar faoliyati, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash amaliyoti, shuningdek, doimiy komissiyalar va partiya guruhlari faoliyati holati ko‘rib chiqildi. 

Xususan, kengash.gov.uz elektron tizimi orqali hujjatlar yuritilishi, sessiya qarorlarini rasmiylashtirish hamda ularni amaliyotga joriy etish holati tahlil etildi. Deputatlik so‘rovlaridan samarali foydalanish, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, doimiy komissiyalar va partiya guruhlari faoliyati o‘rganilib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda joylarda deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3