Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Halollik “vaksinasi” – taraqqiyot asosi

Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-27-6-K/26-sonli ish rejasiga asosan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan. Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Tadbirda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyat mudiri T.Gapparov, deputatlar N.Muxammadiyeva, R.Egamberdiyev, M.Alixanov, M.Qodirxonov, N.Dexkanov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari O.Orifbayev va Sh.Abdullayevlar ishtirok etdilar.

Anjumanni boshqarma boshlig‘i B.Pazilov ochdi va kun tartibidagi masala yuzasidan ma'lumot berdi va hisobot uchun so‘zni Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatovga berdi. Notiq kun tartibidagi masala yuzasidan hamda deputatlarni qiziqitirgan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Tadbirda shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidovning ma’ruzasi tinglandi.

Mazkur ochiq muloqot va Kengash nazorati tadbiri mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish ekanini, Konstitutsiyamizga muvofiq davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanishi, jamiyat va davlat boshqaruvida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini belgilashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun talablariga ko‘ra davlat organlarining hisobdorligi, mansabdor shaxslar faoliyatining ochiqligi, korrupsion xavflarni barvaqt aniqlash va oldini olish, parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilanganligi, deputatlar tashrifi esa boshqarma faoliyatida ushbu mezonlarni ta’minlanayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Bu kabi uchrashuvlar davlat organlari va xalq vakillari o‘rtasida samarali muloqotni mustahkamlab, kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10