Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat S. Rajabova “Yangi yo‘l” mahallasida fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Uzun tumanida aholi farovonligini oshirish, hududlarni obod qilish va ijtimoiy soha obyektlaridagi sharoitlarni yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda.
янв.21
Bepul dori-darmonlar tarqatilishi deputat nazoratida
янв.21
Yangi ro‘zg‘or" mahallasidagi muammolar "24 muhim yo'nalish" asosida tahlil etildi.
янв.21
Yoshlar bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Mahalla muammolari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Sharafli kasb egalari e’zozda!
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar zaxirasi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi
Deputat e’tibori – muammolar yechimiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Burxon Aliqulov o‘z saylov okrugidagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat “Achchig‘i” MFY faollari va mahalla jamoatchiligi bilan uchrashib, hududdagi holatni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida mahallaning “Chaqar” qishlog‘idagi elektr tarmoqlari holati bugungi kun talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, qishloqdagi eski va yaroqsiz simyog‘ochlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani hamda texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo zid ekanligi qayd etildi.

Mazkur muammoni qisqa fursatlarda hal etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, deputat B.Aliqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4