Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
2026-yil 17-fevral kuni xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Chorshanbiyeva “Mirzo Ulug‘bek” mahalla xodimlari bilan hamkorlikda mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar va maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirdilar.
Ushbu tadbirda “Mirzo Ulug‘bek” mahallasining ichki ko‘chalari holati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va atrofidagi maydonlarning tozaligi, tungi yoritish chiroqlarining mavjudligi, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.