Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

MAHALLADAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov “Shabnam” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari holatini o‘rgandi. 

O‘ragnish davomida hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ijtimoiy obyektlar atrofini obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Hududni yanada obod va qulay maskanga aylantirish borasidagi ishlar belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3