35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK BARQARORLIK UCHUN: MAS’ULLARGA DEPUTAT S O‘ROVI YUBORILADIGAN BO‘LDI
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK BARQARORLIK UCHUN: MAS’ULLARGA DEPUTAT S O‘ROVI YUBORILADIGAN BO‘LDI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Maxfuza Isroilova hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi (SES) bo‘limi xodimi hamkorligida "Sharq yulduzi" mahallasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida hududdagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish hamda hududning sanitariya holati talab darajasida emasligi, ya’ni chiqindilar to‘planib qolib, noqonuniy chiqindixonalarga aylanib borayotgani va achinarli ahvolga kelib qolgani aniqlandi.
Ushbu holat hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikka hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olgan holda:
Mavjud muammoni bartaraf etish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash bo‘yicha mas’ul korxonaga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi;
Hududiy SES xodimi bilan birgalikda sanitariya qoidalariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5