35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK BARQARORLIK UCHUN: MAS’ULLARGA DEPUTAT S O‘ROVI YUBORILADIGAN BO‘LDI
"Alpomish" mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida yuqori darajadagi nazorat va amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi D.Suvonova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev, kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lishdi.

Bugungi kunda Hukumatning 665-sonli qarori ijrosi doirasida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida “Alpomish” mahallasi ichki ko‘chalarida keng ko‘lamli ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Senator, shahar hokimi va mas’ullar ta’mirlash jarayonlari bilan bevosita joyida yaqindan tanishdilar:

Ta’mirlanayotgan ichki yo‘llarning sifati va texnik talablarga mosligi;
Maxsus yo‘lsozlik texnikalarining unumli jalb etilishi;
Ko‘chalarda suv qochirish va obodonchilik ishlarining hamrohlikda olib borilishi ko‘zdan kechirildi.

"Har bir ko‘chaning obodligi — aholimiz farovonligi va davlatimiz g‘amxo‘rligining namunasidir!"

Muloqotlar davomida Senator D.Suvonova Senat qarori va Hukumat topshiriqlari asosida amalga oshirilayotgan ushbu infratuzilmaviy loyihalar har bir xonadonga qulaylik olib kirishi lozimligini ta’kidlab, yo‘l ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

"Alpomish" mahallasida yo‘l va kommunal infratuzilmani rivojlantirish ishlari qat’iy senatorlik, deputatlik hamda jamoatchilik nazoratida bo‘ladi.
Slide 1 of 6