35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
KONSTITUTSIYAMIZNI BILASIZMI?
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK BARQARORLIK UCHUN: MAS’ULLARGA DEPUTAT S O‘ROVI YUBORILADIGAN BO‘LDI
55-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#24_ta_muhim_masala
55-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan 55-umumiy o'rta ta'lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash, issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, bino va inshootlarning tom qismi, eshik va derazalar holati, elektr tarmoqlari hamda yong‘in xavfsizligi vositalarining sozligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Maktabda maktabini issiqlik tizimini, tashqi xojatxonani, sug‘orish tizimi va ko‘mirxonani qayta ta’mirlash loyihasi tashabbusli byudjet jarayonlarining 2-mavsumida g'olib deb topilgan. Isitish bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabning kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4