Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

ichimlik suvi inshooti qurilishi koʻzdan kechirildi Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Husan Ermatov Baxmal tumaniga tashrif buyurdi

🚰 Baxmal tumanida ichimlik suvi inshooti qurilishi koʻzdan kechirildi
Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Husan Ermatov Baxmal tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Deputat tashrif davomida ichimlik suvi inshootining qurilish maydonida ish jarayonlarni koʻzdan kechirdi.
Oʻrganish davomida:
🏗 Qurilish-montaj ishlarining sifati va belgilangan loyiha standartlariga mosligi;
💦 Kelgusida aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyatlari.
Husan Ermatov quruvchilar va mas’ullar bilan muloqot qilib, ish sifatini yuqori darajada ta’minlash, yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi. Bunday loyihalar xalqimizning yashash sharoitini yaxshilash va hududlar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3