Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Zokir Mullajonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sunatillo Begmatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.

📍O‘rganish davomida Tinchlik mahallasida yashovchi, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti hamda uy-joyini ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq ehtiyojlari o‘rganildi.

🏠Shuningdek, fuqaroning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoji, uy-joy sharoitini yaxshilash uchun zarur xarajatlar va ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tegishli hujjatlar hamda mavjud holat tahlil qilindi.

Slide 1 of 2