Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

💧 Aholi murojaati amalda o‘z yechimini topmoqda

Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi raisi Y. Mo‘minova boshchiligidagi bir guruh deputatlar, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E. Imomov hamda “Bekobod suv ta’minoti” MCHJ vakillari bilan birgalikda Qolg‘onsir mahallasida toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgangan edi.

Mazkur murojaatlar natijasida muammoni bartaraf etish yo‘lida dastlabki amaliy qadamlar qo‘yildi. Bu esa aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

✅ Xalq manfaatiga xizmat qiluvchi har bir murojaat e’tiborda va nazoratda.

Slide 1 of 3