Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifati, umumiy foydalanishdagi hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining joriy holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar ko‘p qavatli uy-joylarni samarali boshqarish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda shahar hududlarining obod va ozoda saqlanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2