Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash raisi A.Turdiyev “Mingchinor” mahallasida drayver loyihasi doirasida barpo etilayotgan suv ombori qurilishi jarayonini o‘rgandi

O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning loyiha talablari asosida olib borilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Mazkur suv omborining foydalanishga topshirilishi hudud aholisini sug‘orish suvi bilan barqaror ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish va aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube

Slide 1 of 2