Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🔰Deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔸Jizzax shahar “Ittifoq” MFYdagi 26-sonli ko‘p qavatli uy yonida boshlangan qurilish ishlari hududda yashovchi aholining keskin e‘tirozlariga sabab bo‘ldi. Fuqarolar bino amaldagi shaharsozlik qoidalariga zid ravishda tushirilayotganidan norozi.

🔸Aholi murojaati Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattarova tomonidan atroflicha o‘rganildi. Vaziyatga aniqlik kiritish va hujjatlarning qonuniyligini tekshirish maqsadida, Jizzax shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 🔸So‘rov ijrosi deputat tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, o‘rganish natijalari bo‘yicha aholiga qo‘shimcha ma‘lumot beriladi.

Slide 1 of 2