🏛 Qonun ijrosi – deputat e’tiborida
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati O.Jumayev tomonidan navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
✅Tadbir Bandixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-419 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida” Qonuni mazmun-mohiyati hamda uning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan mutaxassislar bilan muloqot qildi.
✅Tadbirda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan bunday targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.