Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Murtaz Gaipov tashabbusi bilan hudud aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida malakali shifokorlar tomonidan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatlik holati o‘rganildi hamda zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha fuqarolarga davolanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va kasalliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur tibbiy ko‘rik aholining salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 6