Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Umurzakov tomonidan 2026-yil 16-iyun kuni Jizzax shahrida “Tashabbuslar marafoni” doirasida tashkil etilgan tadbirlarda talaba-yoshlar va pedagog xodimlar bilan birgalikda faol ishtirok etildi.
Deputat pavilyonlardagi taqdimot va ko‘rgazmalar bilan tanishib, “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida o‘tkazilgan gala-konsert dasturida qatnashdi.
Tadbir davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yurt taraqqiyotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.